"Bobotog‘" milliy tabiat bog‘i
Introducing
Milliy tabiat bog‘i Surxondaryo viloyatining sharqidagi tog‘ tizmasi bo‘lib, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasida, Surxondaryo va Kofarnixon daryolari oralig‘ida shimoli sharqdan Janubi g‘arbga tamon Amudaryo soxiligicha cho‘zilgan.Uzunligi qariyb 125 kilometr, eni 30-40 kilometrni tashkil etadi. Eng baland cho‘qqisi – Zarkosa tog‘i. Dengiz satxidan 2 290 metr balandlikda joylashgan.
Umumiy maydoni 12 064 gektar bo‘lib, Quriqlanma zonasi 8 000 ga, Rekreatsiya zonasi 3 000 ga, Xo‘jalik zonasi 1 064 gektarni tashkil etadi.
Tabiiy sharoiti: Tog‘ tizmasi asosan paleogen va yura davri oxaktoshlari, gil, alevrolit, qumtoshlardan tarkib topgan. Sharqiy yon bag‘ri tik va ensiz, tog‘ oldi tekisliklari Kofarnixon daryosi terrasalarida joylashgan. G‘arbiy yon bag‘ri ancha yotiq va keng,asosiy qismi past tog‘lardan iborat. Iqlimi quruq va keskin kontenintal.O‘rtacha yillik xavo xarorati tog‘ etaklarida 16, o‘rtacha balandliklarda 8-10 gradusni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 170 millimetrdan 350-400 millimetrgacha. Tog‘ yon bag‘rlarida buloqlar, qish va baxorda to‘lib oqib yozda qurib qoladigan soylar bor. Cho‘qqilarining balandligi 800-900 m.dan 2290 m.gacha. Milliy bog‘ xududida 20 ga yaqin tabiiy buloqlar va kichik ko‘llar mavjud.
Florasi: “Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i” da 300 dan ortiq tur yuksak o‘simliklar tarqalgan. Ulardan 16 turi O‘zbekiston Respublika “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Faunasi: “Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i”ning xayvonat dunyosi juda xilma-xil xisoblanadi. Bu xududdagi tog‘ etaklari va qirralarida Sirtlon, tog‘ oldi o‘rmonlarida morxo‘r, Buxora tog‘ qo‘ylari, Tosh suvsar, Jayra, Bo‘rsiq, Kobra iloni, qushlardan Burgut, Qora tasqara, Lochin, Kaklik, Chil kaklik, Qumoy singari xayvonlarni uchratish mumkin. Milliy bog‘da 20 dan ortiq tur sut emizuvchilar, 100 ga yaqin tur qushlar, 20 ga yaqin sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quriqlikda yashovchi sinfiga mansub bo‘lgan xayvonlar uchraydi. Ulardan 4 tur sutemizuvchilar, 9 tur qushlar O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Ekoturizm maskanlari: Govurgon bo‘limining toshqo‘ton massivida ekoturizimni rivojlantiri maqsadida (kempinglar, o‘tovlar, dam olish, ovqatlanish, selfi olish nuqtalari, ekomarshrutlar ishlab chiqish va marshrutlarni ekoturistik maqsadlarda jihozlash yaʼni to‘xtash joylari, anshlaglar, ko‘rsatkichlar, besedkalar, panagohlar) ni qurish ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Milliy bog‘ hududiga tutash joylarda yirik aholi punktlaridan, Surxondaryo viloyati Uzun tumani, Yangiobod, Oqmachit va Chagam qishloqlari joylashgan.
Milliy bog‘ atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Uzun tumaning markazida zamonaviy mehmon uylari tashkil etilgan. Milliy bog‘i idorasi viloyat markazi Termezdan 180-200 km, tuman markazidan
8-10 km masofada joylashgan.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Kichik Jonchekka maxallasi.
